Jami 25ta bank orqali bayram va dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalarini amalga oshirish mumkin.

Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket toʻrt kun — 31-avgustdan 3-sentyabrgacha dam olishadi. Bu boʻyicha oʻtgan yili prezidentning tegishli farmoni qabul qilingandi.

Shundan kelib chiqib, dam olish kunlari quyidagi banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi:

  1. “Agro bank”;
  2. “Asisa Alliance bank“;
  3. “Aloqa bank“;
  4. “Anor bank“;
  5. “Asaka bank“;
  6. “Biznesni rivojlantirish banki“;
  7. “Garant bank“;
  8. “Davr bank“;
  9. “InFinbank“;
  10. “Ipoteka bank“;
  11. “Ipak Yoʻli banki“;
  12. “Madad Invest bank“;
  13. “MKBank“;
  14. “Octobank“;
  15. “Orient Finance bank“;
  16. “Poytaxt bank“;
  17. “Sanoatqurilishbank“;
  18. “Saderat bank“;
  19. “Trast bank“;
  20. “Turon bank“;
  21. “Universalbank“;
  22. “Xalq banki“;
  23. “Hayot bank“;
  24. “Hamkorbank“;
  25. “Oʻzmilliybank“.

Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud.