Dunyo tarixida şunday minbarlar borki, ularda aytilgan söz öşa joyning özida qolib ketmaydi. U xalqlar xotirasiga, davlatlar siyosatiga, baʼzan esa butun bir davrning siyosiy luğatiga kirib boradi.
BMT Boş Assambleyasi minbari şunday joy. Unga çiqiş oddiy nutq sözlaş imkoniyatidan kengroq maʼno kasb etadi. U yerda davlatlar özini dunyoga taniştiradi, manfaatini ifodalaydi. Xavotirini aytadi, taklifini örtaga qöyadi. Eng muhimi, insoniyat oldidagi masʼuliyatini namoyon etadi. Bu tizimning siyosiy mohiyatida katta bir tamoyil bor: davlatlar katta-kiçikligi, aholisi yoki harbiy qudrati bilan farqlanişi mumkin, ammo ularning suveren qadr-qimmati teng hurmat qilinişi kerak.
Taşkilot minbari bu borada har bir mustaqil xalq uçun öz ovoziga ega böliş ramzidir. Biz uçun bu fikrning qadri alohida. Çunki Özbekiston uzoq tarix davomida dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qöşgan mamlakat bölsa-da, XX asrning katta qismida xalqaro munosabatlarning mustaqil subyekti sifatida öz nomidan sözlaş imkoniyatiga ega bölmadi. Samarqandu Buxoro, Xorazm va Termiz hamda Farğona vodiysidan taralgan ilm va tafakkur asrlar davomida jahon madaniyatiga xizmat qildi, ammo zamonaviy xalqaro siyosat maydonida Özbekistonning mustaqil ovozi faqat istiqlol tufayli yangradi.
Mamlakatimiz BMTga aʼzo bölgan kundan boşlab Nyu-Yorkdagi maşhur minbar biz uçun ham öz fikrimizni, milliy manfaatimizni va dunyo haqidagi qaraşimizni aytadigan minbarga aylandi. 1993-yilda mustaqil Özbekiston BMT Boş Assambleyasining 48-sessiyasida ilk bor öz davlatçilik manfaatlari va mintaqaviy qaraşlarini jahon hamjamiyati oldida bayon qilgan edi.
Bugun masala yurtimizni dunyoga tanitiş bilan çeklanib qolmaydi. Özbekiston jahonda keçayotgan jarayonlar xususida öz qaraşi, taklifi va pozitsiyasiga ega davlat sifatida sözlamoqda. Mana şu farqni anglamay turib, 2026-yil 23-sentyabrda BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasida Özbekiston nomidan yangragan nutqning mazmunini töliq his qiliş qiyin.
Dunyoga oçiliş
2017-yilda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida ilk bor nutq sözlab, Özbekiston taşqi siyosatining yangi ustuvor yönalişlarini jahon hamjamiyatiga maʼlum qilgan edi. Ana şu yangilangan siyosiy qaraşda, avvalo, Markaziy Osiyoda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, qöşni davlatlar bilan yaxşi qöşniçilik, oçiq muloqot va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Davlatimiz rahbari mintaqa taqdiriga umumiy manfaatlar, özaro işonç va yaqin hamkorlik nuqtai nazaridan yondaşiş zaruratini ilgari surdi. Şu kundan boşlab Markaziy Osiyo Özbekiston taşqi siyosati uçun eng yaqin, eng tabiiy va eng masʼuliyatli makon sifatida yangiça mazmun kasb etdi. Tinç, barqaror va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mintaqa barpo etiş esa davlatimiz siyosiy irodasining muhim ifodasiga aylandi.
Bu yöl keyingi yillarda taşqi siyosat amaliyotiga köçdi. Çegaralar oçildi. Qöşnilar muloqoti kuçaydi. Savdo, transport, madaniy aloqalar va odamlar qatnovi kengaydi. Markaziy Osiyo xalqaro siyosiy luğatda tobora köproq hamkorlik, yaqinlaşuv va umumiy manfaatlar makoni sifatida tilga olina boşladi.
Mazkur jarayon ortida muhim siyosiy falsafiy muşohada bor: qöşnining tinçligi — sening tinçliging, qöşnining taraqqiyoti — sening taraqqiyoting uçun imkoniyat. Ana şunday özbekona milliy dunyoqaraş taşqi siyosatning amaliy mezoniga aylandi.
Prezidentimiz 2023-yili BMT Boş Assambleyasi minbarida dunyoda işonç inqirozi tobora çuqurlaşayotganiga alohida urğu bergan edi. Davlatimiz rahbari geosiyosiy qarama-qarşiliklar kuçayişi, xalqaro huquq meʼyorlari zaiflaşişi, savdo va investitsiyalar yölida yangi tösiqlar paydo bölayotgani kabi xavfli tendensiyalarni öşa davrning özidayoq aniq körsatdi. Oradan ötgan vaqt bu mulohazalar naqadar hayotiy va uzoqni közlagan siyosiy tahlilga tayanganini yanada ravşan namoyon etmoqda: bugun xalqaro munosabatlardagi işonç tanqisligi, kuç markazlari örtasidagi raqobat va iqtisodiy çeklovlar kölami yanada kengaydi.
Uşbu holat mamlakatimiz yetakçisi taşqi siyosatda kundalik voqealar ortidan ergaşiş bilan çeklanmay, ularning kelgusi yönalişini anglaş, paydo bölayotgan xavflarni oldindan his etiş va milliy manfaatlar nuqtai nazaridan strategik xulosa çiqarişga asoslangan siyosiy tafakkurni namoyon etayotganini körsatadi.
Bugun ana şu tendensiyalar yanada murakkab geosiyosiy manzarani vujudga keltirdi. Dunyoda qutblaşuv kuçaymoqda, uruşlar va mintaqaviy mojarolar davom etmoqda. Yirik kuç markazlari örtasidagi raqobat endi faqat siyosiy yoki harbiy maydon bilan çeklanmay, texnologiya, maʼlumot, energetika, transport yölaklari va iqtisodiy taʼsir sohalarigaça kengaymoqda. Bunday şaroitda kiçik va örta davlatlar uçun asosiy masala kimningdir ortidan ergaşişda emas, öz milliy manfaatini aniq anglaş, taşqi bosimlar orasida siyosiy mustaqillikni saqlaş va turli kuç markazlari bilan özaro hurmat asosida munosabat quriş qobiliyatida namoyon böladi.
Yangi Özbekiston sönggi yillarda aynan şunday taşqi siyosiy madaniyatni şakllantirmoqda: oçiq, pragmatik, milliy manfaatlarga tayangan, barça bilan muloqot qila oladigan va ayni paytda öz pozitsiyasini qatʼiy saqlaydigan siyosat. Bu yöl mamlakatga turli geosiyosiy markazlar bilan hamkorlik, özaro manfaatli şeriklikni kengaytiriş va har qanday vaziyatda suveren qaror qabul qiliş imkonini bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining BMT Boş Assambleyasi minbarida yangragan nutqi ham ana şu siyosiy tafakkurning mantiqiy ifodasi böldi. Unda Özbekistonning oçiqlik, muloqot, milliy manfaat, inson qadri va xalqaro hamkorlikka tayangan pozitsiyasi jahon hamjamiyatiga aniq va işonçli tarzda yetkazildi.
Uşbu nutqda dastlabki va asosiy ğoyalardan biri juda aniq qöyildi: Özbekistonning tanlovi — oçiqlik, yaxşi qöşniçilik va dunyo bilan teng muloqot. Bu formula oddiy diplomatik iboradan ança keng siyosiy mazmunni ifoda etadi. Unda Özbekistonning öz xavfsizligi, taraqqiyoti va xalqaro nufuzini qanday siyosiy tamoyillar asosida qurişga intilayotgani mujassam.
Bugungi murakkab geosiyosiy muhitda oçiqlik baʼzan zaiflik, murosa esa yon beriş sifatida talqin qilinişi mumkin. Qattiq ritorika, keskin bayonot va kuç namoyişi ayrim hollarda davlat qudratining asosiy belgisi sifatida körsatiladi. Özbekiston tanlagan siyosiy yöl boşqa mantiqqa tayanadi: tinçlikka intiliş, muloqot eşigini oçiq saqlaş, umumiy manfaatni izlaş va eng murakkab masalalarda ham siyosiy aqlni ustuvor qöya biliş davlatning ojizligini emas, öz maqsadi va manfaatini çuqur anglaganini körsatadi.
Mazkur yondaşuvning hayotiy qimmati, ayniqsa, Markaziy Osiyo tajribasida yaqqol namoyon böldi. Yaqin ötmişda mintaqada çegaralar, suvdan foydalaniş, transport qatnovi va odamlarning bordi-keldisi bilan boğliq yillar davomida töplanib qolgan murakkab masalalar mavjud edi. Bunday şaroitda keskinlikni keskinlik bilan qaytariş, özaro daʼvolarni yana uzoq yillarga çöziş yoki siyosiy xarakterni namoyiş etiş yölini tanlaş ham mumkin edi. Prezidentimiz boşqa yölni — siyosiy iroda, oçiq muloqot, özaro manfaatni tan oliş va xalqlarimizning tinç hayotini ustuvor qöyiş yölini tanladi.
Bu siyosatning tub mohiyatini faqat diplomatik murosa bilan izohlaş kamlik qiladi. Davlat rahbari uçun baʼzan eng murakkab qaror yillar davomida yiğilgan alam, işonçsizlik va qarama-qarşiliklar ustidan soğlom siyosiy tafakkurni ustun qöya bilişda namoyon böladi. Çunki har bir yopiq çegara ortida inson taqdiri, har bir uzilgan yöl ortida oilalar, savdo-sotiq, qarindoşlik va qöşniçilik munosabatlari turadi. Xalqning ana şu kundalik taşvişlarini davlat siyosati darajasida his qiliş va ularga yeçim izlaş rahbarlik masʼuliyatining eng murakkab qirralaridan.
Şu nuqtada davlat manfaati, vazmin siyosiy hisob-kitob va ertangi avlodlar osoyiştaligi ustuvor ahamiyat kasb etdi. Natijada bir vaqtlar yeçimi uzoqdek tuyulgan masalalar muzokara stoliga qaytdi, çegaralar oçildi. Transport va savdo aloqalari kengaydi. Odamlar bordi-keldisi tiklandi. Eng muhimi, mintaqa davlatlari örtasida muammoni qarama-qarşilik orqali emas, kelişuv va özaro manfaat orqali hal qiliş mumkinligiga işonç paydo böldi.
Haqiqiy siyosiy kuç har doim baland ovozda namoyon bölavermaydi. Baʼzan u xalqning dardini davlat rahbarining şaxsiy masʼuliyati sifatida qabul qiliş, keçagi ziddiyatlarni ertangi avlodlarga meros qoldirmaslik va murakkab masalalarni muzokara orqali hal etişga siyosiy iroda topa bilişda körinadi. Markaziy Osiyoda sönggi yillarda şakllangan yangi muhit Prezidentimiz ilgari surgan yaxşi qöşniçilik siyosati hamda mintaqa davlatlari rahbarlarining umumiy manfaatlarni anglaşga qaratilgan siyosiy irodasi bilan boğliq.
Markaziy Osiyoda töplangan ana şu amaliy tajriba Özbekistonga BMT minbaridan dunyoga işonç bilan murojaat qiliş uçun mustahkam siyosiy asos berdi. Mamlakatimiz muloqot samarasini, özaro işonç qadrini va yaxşi qöşniçilikning xavfsizlikka qanday xizmat qilişini öz mintaqasida amalda kördi. Davlatlar bir-biriga şubha yoki tahdid manbai sifatida qaraşdan köra, umumiy imkoniyat va manfaatlar nuqtai nazaridan yondaşişni boşlaganda, siyosiy muhitning özi ham özgaradi. Şu bois, BMT minbaridan yangragan oçiqlik, yaxşi qöşniçilik va teng muloqot haqidagi fikrlar nazariy çaqiriq emas, Markaziy Osiyoda muayyan natijalar bilan tasdiqlangan siyosiy tajriba ifodasi sifatida ham salmoq kasb etdi.
Bugungi xalqaro munosabatlarda bir savol davlatlar oldiga tobora köproq qöyilmoqda: “Siz qaysi tomondasiz, u yoki bu blok tarafidami? Qaysi geosiyosiy kuç markaziga yaqinsiz? U yoki bu mojaroda kimni tanlaysiz?” Bu savollar zamirida baʼzan erkin tanlovdan köra geosiyosiy bosim kuçliroq seziladi.
BMT minbaridan bu savolga Özbekiston Prezidenti izçil ilgari surib kelayotgan siyosiy pozitsiya mazmun-mohiyatidan kelib çiqib, öziga xos va aniq javob berildi: Özbekistonning tanlovi — inson qadri. Davlat qudratining haqiqiy mezoni ham, avvalo, insonning huquqi, manfaati, qadr-qimmati va tinç kelajagini taʼminlay oliş qobiliyati bilan belgilanadi.
Bu yondaşuv global jarayonlardan çetda turişni anglatmaydi. Aksinça, u xalqaro huquqqa hurmat, davlatlar suverenligi, tinçlik, tenglik va inson manfaati kabi tamoyillarga tayangan aniq siyosiy pozitsiyani taqozo etadi. Yangi Özbekiston taşqi siyosatida milliy manfaat bilan umuminsoniy qadriyatlar bir-birini töldiradi: mamlakatimiz tinçlikdan manfaatdor, çunki taraqqiyot tinç muhitda qaror topadi. Oçiq dunyodan manfaatdor, çunki taşqi bozorlar, transport koridorlari va barqaror qöşniçilik mamlakat kelajagi uçun hayotiy ahamiyatga ega. Xalqaro huquq ustuvorligidan manfaatdor, çunki suveren tenglik kattayu kiçik har bir davlatning ovozi va manfaati hurmat qilingandagina haqiqiy mazmun kasb etadi.
Şu bois, Özbekiston uçun “Qaysi tomondasiz?” degan savolning javobi geosiyosiy tanlov bilan çeklanmaydi. Uning mohiyati tinçlik, inson qadri, milliy manfaat va xalqaro huquq tomonida turişdir. BMT minbaridan yangragan nutqda ana şu pozitsiya aniq va işonçli ifoda etildi.
BMT minbaridan yangragan nutqda alohida eʼtiborga loyiq konseptual jihat bor: davlat qudratining mezoni nima? Anʼanaviy siyosatşunoslikda kuç deganda armiya, iqtisodiyot, tabiiy resurslar, aholi yoki texnologiya tuşuniladi. Bular muhim. Biroq Özbekiston BMT minbaridan bu tuşunçaga yana bir ölçov qöşdi: davlatning inson huquqi, manfaati va qadr-qimmatini himoya qiliş qobiliyati.
Bu ğoya tasodifan paydo bölgani yöq. Sönggi yillarda Özbekistonning içki islohotlarida “inson qadri” tuşunçasi markaziy mezon sifatida şakllandi. Mahallaga tuşiş, odamlar muammosini eşitiş, kambağallikni qisqartiriş, taʼlim imkoniyatlarini kengaytiriş, xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş kabilar şu mantiq bilan boğlandi.
Endi mazkur tuşunça taşqi siyosat tiliga ham köçmoqda. Yaʼni Özbekiston dunyoga taraqqiyot statistika ösişi bilan yakunlanmaydi, uning inson hayotidagi natijasi muhim degan qaraşni taklif qilmoqda.
Nutqda iqtisodiyot, investitsiya, eksport, kambağallikni qisqartiriş, maktabgaça va oliy taʼlim qamrovi kabi körsatkiçlar keltirildi. Bu raqamlarning siyosiy maʼnosi şundaki, Özbekiston BMTda faqat iqtisodiyot ösganini maʼlum qilmadi. Masala bunday qöyildi: islohot natijasi odam hayotida sezilsa, uning qadri bor. Bu davlat boşqaruvi uçun ham, xalqaro rivojlaniş siyosati uçun ham muhim formula.
Qarordan amaliy natijaga: samarali BMT
BMT minbarida yangragan uşbu nutqning muhim taşqi siyosiy yönalişlaridan biri taşkilot kelajagiga bağişlandi. 1945-yilda yaratilgan tizim bilan XXI asrning köp qutbli, raqamlaşgan va özaro boğliq dunyosi örtasida katta farq paydo böldi. Şu bois, taşkilotning qaror qabul qiliş salohiyati bilan birga qabul qilingan qarorlarni hayotga tatbiq etiş samaradorligini ham oşiriş zarurati ilgari surildi.
Özbekiston BMTni zamon talablariga mos takomillaştirişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Xavfsizlik kengaşi tarkibini bugungi xalqaro voqelikka mos kengaytiriş zarurligi taʼkidlandi. Şuningdek, Özbekiston 2035-2036-yillar uçun BMT Xavfsizlik kengaşining nodoimiy aʼzoligiga öz nomzodini taqdim etgani eʼlon qilindi. Bu bayonot mamlakatning global xavfsizlik masalalarida masʼuliyat olişga tayyorligini körsatuvçi muhim siyosiy signal böldi.
Bu xabarni alohida öqiş kerak. 1992-yilda BMTga yangi qabul qilingan Özbekiston bilan 2035-2036-yillarda Xavfsizlik kengaşida masʼuliyat olişga tayyorligini bildirayotgan Özbekiston örtasida katta siyosiy masofa bor. Bir paytlar xalqaro maydonda öz örnini izlagan davlat bugun global xavfsizlik masalalari muhokama qilinadigan eng muhim organlardan birida iştirok etiş istagini bildiryapti. Bu taşqi siyosiy ambitsiya ösişidan ham köra, masʼuliyat doirasi kengayib borayotganini körsatadi.
Özbekiston pozitsiyasida yana bir muhim jihat bor: xalqaro huquq turli davlatlar uçun turliça işlaydigan vositaga aylanib qolmasligi kerak. Bu prinsip, ayniqsa, bugun dolzarb. Çunki xalqaro munosabatlarda qoidalar tanlab qöllanişi va kuç siyosati qaytişi haqidagi eʼtirozlar köpaymoqda. Özbekiston kabi davlat uçun umumiy qoidalar işlaşi prinsipial ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo — Özbekiston taşqi siyosati uçun ustuvor mintaqa. Töğri, BMT minbarida har qanday davlat vakili katta ğoyalar aytişi mumkin. Ammo ğoyaning qadri uni hayot tasdiqlaganida ortadi. Şuning uçun Özbekistonning oçiqlik va muloqot haqidagi tezislari uçun eng kuçli misol — Markaziy Osiyoning özi.
Bundan ön yil oldin mintaqada hal etilmagan muammolar haqida köp gapirilardi. Bugun manzara boşqaça. Muammolar butunlay yöqolib ketgani yöq. Ammo ularni hal qilişning siyosiy madaniyati özgardi. Avval “mening manfaatim” yondaşuvi ustun bölgan masalalarda tobora “umumiy manfaat” tuşunçasi paydo böldi. Buni siyosatşunoslik tilida mintaqaviy işonç kapitali ösişi deb ataş mumkin. Uni pul bilan sotib olib bölmaydi. U yillar davomida muloqot, kelişuv, özaro hurmat va bajarilgan vaʼdalar orqali şakllanadi.
Mintaqadagi bu yangi siyosiy muhit, avvalo, Prezidentimizning yaxşi qöşniçilikni davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylantirgan qatʼiy siyosiy irodasi bilan boğliq. Çegaralar, savdo, transport, suv va insonlar örtasidagi aloqalarga doir yillar davomida töplangan masalalar muloqot va özaro manfaat asosida yeçim topa boşladi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muştarak saʼy-harakatlari esa bu jarayonni mintaqaviy tendensiyaga aylantirdi. Ana şu natija BMT minbarida Özbekiston taşqi siyosatining işonçli dalili sifatida oçib berildi: mamlakat dunyoga nazariy çaqiriq bilan çeklanmay, öz mintaqasida samara bergan tajribani taklif qilmoqda.
Prezident Administratsiyasi rahbari nutqida Afğoniston mavzusi ham aniq, vazmin va pragmatik ruhda kötarildi. Özbekistonning bu masaladagi pozitsiyasi xavfsizlik bilan insonparvarlikni, milliy manfaat bilan mintaqaviy masʼuliyatni bir nuqtada uyğunlaştirişi bilan ahamiyatli ekani taʼkidlandi. Nutqda Afğonistonga munosabatni tahdidlar doirasiga tor kölamda boğlab qöymay, uni tinçlik, iqtisodiy boğliqlik va mintaqaviy barqarorlik nuqtai nazaridan baholaş zarurligi aniq va ravşan bayon etildi.
Özbekiston sönggi yillarda afğon xalqini iqtisodiy va mintaqaviy jarayonlarga keng jalb qiliş, transport, savdo, energetika va infratuzilma orqali tinç hayotga manfaatdorlik muhitini kuçaytiriş ğoyasini izçil ilgari surmoqda. BMT minbaridan bu pozitsiyaning yana bir bor ifoda etilgani mamlakat taşqi siyosatining prinsipial izçilligini körsatdi.
Bu yondaşuv zamirida aniq geosiyosiy va iqtisodiy mantiq bor. Afğoniston Özbekistonning janubiy qöşnisi. U yerdagi tinçlik milliy xavfsizlik, transport, savdo, energetika va butun Markaziy Osiyoning janubiy dengiz yöllariga çiqiş imkoniyatlari bilan bevosita boğliq. Şu bois, Özbekiston uçun Afğoniston tinçligi ham insoniy, ham strategik ahamiyat kasb etadi.
Nutqda ana şu murakkab masala qisqa, ammo mazmunan teran formula bilan ifodalandi: barqaror Afğoniston — barqaror va özaro boğlangan Markaziy Osiyoning muhim şarti.
Özbekistonning BMT minbarida eng izçil va oğriq bilan kötarib kelayotgan masalalaridan biri — Orol taqdiri. Orol xalqimiz xotirasida qurib borayotgan dengiz manzarasidan ança keng maʼno kasb etadi. U millionlab insonlar hayoti, salomatligi, iqlim, yer va kelajak bilan boğliq ulkan ekologik va gumanitar darddir. Şu sabab BMT minbarida Orol haqida aytilgan har bir söz ortida butun bir mintaqaning keçmişi va ertasi turadi.
BMT sessiyasida bu oğriq xalqaro auditoriyaga taʼsirçan va masʼuliyatli ohangda yetkazildi. Orol fojiasi inson qarorlarining tabiat va jamiyat taqdiriga qanday oğir taʼsir körsatişi mumkinligini körsatgan global saboq sifatida talqin etildi. Ayni paytda Özbekiston Orolböyini fojia ramzi holatida qoldirmay, ekologik innovatsiyalar, “yaşil” texnologiyalar va yangi yeçimlar sinovdan ötadigan hududga aylantiriş maqsadini ilgari surdi.
Bu maqsad yangi Özbekiston ekologik diplomatiyasining muhim belgisiga aylanmoqda: oğriqni dunyoga eşittiriş bilan birga, yeçim taklif qiliş, muammoni körsatiş bilan birga, kelajakka yöl oçiş. Orol masalasining BMT minbarida ana şunday ruhda kötarilişi mamlakatning global ekologik kun tartibidagi ovozi salmoğini yanada oşirdi.
Sivilizatsion özlik
Bugun dunyo texnologiyaga tobora köp suyanmoqda. Sunʼiy intellekt iqtisodiyot, taʼlim, tibbiyot, davlat boşqaruvi va axborot makonini tez özgartirmoqda.
BMT minbarida sunʼiy intellekt va raqamlaşuv inson huquqlari, xavfsizlik, teng imkoniyat va masʼuliyat tamoyillaridan ajralmasligi zarurligi taʼkidlandi. Bu fikrning siyosiy-falsafiy qiymati katta. Çunki XXI asrda davlatlar qudrati faqat hudud, xomaşyo yoki harbiy salohiyat bilan belgilanmaydi: maʼlumot, algoritm va texnologiyani inson manfaatlariga yönaltira oliş ham muhim mezonga aylanmoqda.
Şu maʼnoda, “texnologiya inson uçun” degan yondaşuv yangi Özbekiston siyosatidagi inson qadri ğoyasining raqamli davrga köçişidir. Taraqqiyotning haqiqiy qadri texnik imkoniyatlar köpayişi barobarida, ular insonning huquqi, erkinligi va hayotiy imkoniyatlarini qay darajada kengaytirişi bilan belgilanadi.
Nutqda alohida ahamiyatli yana bir jihat bor. Bu Özbekistonning sivilizasion özligini zamonaviy taşqi siyosat bilan boğlaşga harakat qilinganidir. Toşkentda Prezidentimiz taşabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi tilga olindi. U ötmiş yodgorliklarini namoyiş etadigan maskan doirasidan ança keng — bilim, tafakkur, maʼrifat va sivilizatsiyalar muloqoti markazi sifatida talqin etildi. Özbekiston madaniyatlar va dinlararo muloqot, maʼrifat va bağrikenglikni rivojlantirişga qaratilgan xalqaro hamkorlikni davom ettirişini bildirdi.
Mana şu yerda nutqning yana bir qimmatli jihati oçiladi. Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farğona va Termizdan asrlar davomida dunyoga ilm, maʼrifat, davlatçilik madaniyati va bağrikenglik nurini taratgan yurt bugun öz tarixiy vorisiyligini zamonaviy taraqqiyot, oçiqlik, innovatsiya va inson qadri bilan uyğunlaştirişga intilmoqda. Bu — madaniy xotiraning zamonaviy taşqi siyosat tilida ifoda topişidir.
Şu jihatga alohida eʼtibor beriş zarur. Bugun mamlakatning xalqaro obrösi faqat uning iqtisodiy körsatkiçi bilan qurilmaydi. Dunyo hamjamiyati davlatni madaniyati, ilmiy merosi, qadriyatlari, insonga munosabati va boşqa xalqlar bilan qanday muloqot qila olişi orqali ham qabul qiladi. Xalqaro munosabatlarda bu “yumşoq kuç” deyiladi.
Özbekistonning bu boradagi resursi beqiyos. Muhammad Xorazmiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy kabi buyuk zotlar bir xalqning faxri doirasiga siğmaydi. Ular jahon tafakkuri tarixining bir qismi. Lekin tarixiy merosning özi avtomatik ravişda yumşoq kuçga aylanmaydi. Uni örganiş, zamonaviy tilda taqdim etiş, yoş avlod bilan boğlaş va dunyoga yetkaziş kerak.
Islom sivilizatsiyasi markazining BMT minbarida tilga olinişi madaniy mavzuning özi bilan çeklanmaydi. Bu Özbekistonning özini dunyoga qanday mazmunda taqdim etayotganini körsatadi: jaholatga qarşi maʼrifatni, nizoga qarşi muloqotni, nafratga qarşi bilimni ilgari suradigan sivilizatsiya vorislari sifatida.
Tarixiy masofaga nazar taşlasak, Özbekistonning xalqaro siyosiy ovozi bosqiçma-bosqiç yangi mazmun kasb etganini köramiz. 1992-yilda BMT aʼzoligi mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatiga kiriş uçun huquqiy asos böldi. 2017-yilda oçiqlik va yaxşi qöşniçilikka tayangan yangi taşqi siyosiy yönaliş ravşan ifodalandi. 2023-yilda global işonç inqiroziga doir ogohlantirişlar yangradi. 2026-yilda esa xalqaro huquq, BMT islohoti, mintaqaviy xavfsizlik, ekologiya, sunʼiy intellekt va inson qadri masalalari Özbekistonning yaxlit pozitsiyasi sifatida taqdim etildi.
Bu jarayonning mohiyati birgina diplomatik faollikning ösişida emas. Mamlakatimizning xalqaro munosabatlarga yondaşuvida ham sifat özgarişi namoyon bölmoqda: Özbekiston öz manfaatlarini aniq ifoda etgan holda turli davlatlar bilan teng şeriklik, özaro hurmat va manfaatlar muvozanatiga asoslangan aloqalarni rivojlantirişga intilmoqda.
Yirik kuç markazlari örtasidagi raqobat kuçaygani sari kiçik va örta davlatlarning mustaqil siyosiy manyovr imkoniyatlari torayişi mumkin. Bunday şaroitda milliy manfaatni yöqotmaslik, turli tomonlar bilan muloqotni saqlaş va heç bir hamkorlikni boşqasiga qarşi qöymaslik alohida diplomatik mahoratni talab etadi. Özbekistonning oçiq va pragmatik taşqi siyosati aynan şu murakkab muvozanatni saqlaşga qaratilgan. BMT minbaridagi pozitsiyaning strategik mazmunini ham şu nuqtai nazardan baholaş lozim.
Davlat pozitsiyasining
kuçi
Özbekiston nomidan BMT Boş Assambleyasi minbarida sözlaş yuksak siyosiy va diplomatik masʼuliyatni talab etadi. 81-sessiyada bu masʼuliyat Prezident Administratsiyasi rahbari zimmasiga tuşdi. Nutqning siyosiy ahamiyati, avvalo, milliy manfaatga tayangan davlat pozitsiyasini xalqaro auditoriyaga tuşunarli, vazmin va işonçli tarzda yetkazilişida namoyon böldi.
Bu yerda masalaning yana bir muhim jihati bor: davlat pozitsiyasining kuçi uning sabablari va amaliy natijalari bilan asoslanişidadir. Markaziy Osiyodagi özgarişlar yaxşi qöşniçilik siyosatining amaliyoti sifatida, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar inson qadri mezoni bilan, BMTni takomillaştiriş takliflari esa global boşqaruvda adolat va samaradorlik zarurati bilan boğlandi. Ana şu boğliqlik nutqqa yaxlit siyosiy mantiq bağişladi.
Boş Assambleyada aytilgan har bir söz mamlakat nomidan yangraydi. Uni davlatlar delegatsiyalari tinglaydi, diplomatik doiralar tahlil qiladi, xalqaro jamoatçilik baholaydi. Şuning uçun sözning aniqligi, ohangning vazminligi va milliy manfaatning ravşan ifodasi taşqi siyosiy muloqotning muhim şartidir. Nutqdagi oçiqlik, inson qadri va xalqaro huquq haqidagi qaraşlar şu mezonlar asosida özaro boğlandi.
Nyu-Yorkdagi BMT zalida Özbekiston nomi yozilgan joy bor. U yerda yangragan har bir ovoz ortida mamlakatimizning tarixi va ertasi, Samarqanddagi ustoz, Farğonadagi dehqon, Qoraqalpoğistondagi oila, Toşkentda izlanayotgan yoş tadbirkor va xorijda mehnat qilayotgan vatandoşning taqdiri turadi. Davlat siyosatining oxirgi mezoni ana şu insonlarning tinçligi, qadr-qimmati va kelajagidir. BMTda yangragan inson qadri ğoyasi mamlakatning içki islohotlari bilan taşqi siyosatini birlaştiruvçi tamoyil sifatida ham ahamiyatli.
Xulosa
BMT minbarida yangragan hamma nutq ham tarixga kiravermaydi. Ayrimlari kundalik siyosat bilan birga unutiladi. Ayrimlari esa davlatning muayyan davrda özini qanday anglagani haqidagi hujjatga aylanadi.
Özbekistonning BMT Boş Assambleyasi 81-sessiyasida yangragan ovozi ana şunday mazmunga ega. Nutqda mamlakatning qanday dunyoni istaşi, global jarayonlarga qaysi prinsiplar asosida yondaşişi va xalqaro hamjamiyatda qanday masʼuliyatni zimmasiga olişga tayyor ekani yaxlit siyosiy mantiqda ifoda etildi.
Biz oçiqlik tarafdorimiz. Biz yaxşi qöşniçilik tarafdorimiz. Biz har bir davlat ovozi eşitiladigan xalqaro tizim tarafdorimiz. Biz xalqaro huquq barça uçun bir xil işlaşini istaymiz. Biz inson qadrini davlat siyosatining mezoni deb bilamiz. Biz tariximizdan kelajakka kuç olamiz. Biz texnologiyani insonga xizmat qildirişni istaymiz. Biz Orol fojiasidan dunyo uçun ekologik saboq çiqarişga harakat qilamiz. Biz Afğonistonda tinçlik bölişini öz manfaatimiz deb bilamiz. Biz Markaziy Osiyoni taraqqiyot va hamkorlik makoniga aylantiriş mumkinligiga işonamiz.
Özbekistonning BMT minbarida yangragan ovozining asosiy mazmuni mana şu. Uning qiymati şundaki, u bir vaqtlar dunyoga ilm, maʼrifat va tafakkur tarqatgan tarixiy yurtning bugun öz buyuk merosiga suyanib, zamonaviy davlatçilik, oçiqlik, taraqqiyot va inson qadri orqali jahon bilan yangi mazmunda muloqotga kirişayotganini körsatdi.
Özbekiston öz milliy manfaatlarini mustaqil belgilaş, hamkorlik yönalişlarini suveren tanlaş va global jarayonlarga öz qaraşini oçiq bildirişga qodir, öz sözi va siyosiy irodasiga ega kuçli davlat sifatida maydonga çiqmoqda.
2026-yil sentyabrda Nyu-Yorkda ana şu söz yana bir bor yangradi. Uning mazmunida tarixiy xotira, ortga qaytmas islohotlar, bugungi murakkab dunyodan xavotir ham, kelajakka işonç ham, eng muhimi, Özbekistonning öz taqdiri va öz yöli uçun masʼuliyatni zimmasiga olayotgan davlat sifatidagi pozitsiyasi bor edi.
Dunyo qançalik notinç bölmasin, taşqi bosimlar qançalik kuçaymasin, geosiyosiy şamollar qaysi tomondan esmasin, milliy manfaatini bilgan, xalqining qadrini ustuvor qöygan va öz söziga ega davlat yölini yöqotmaydi. Yangi Özbekistonning BMT minbarida yangragan pozitsiyasi, eng avvalo, ana şu işonçning ifodasi böldi.
Furqat JÖRAQULOV,
siyosiy fanlar doktori, professor