Hozirda 14 kishi bedarak yo‘qolganlar qatorida, deb xabar qildi seshanba kuni Malayziya Dengiz huquqni muhofaza qilish agentligi (MMEA).
Perak shtatidagi MMЕA direktori Mohamad Shukri Hotobning bayonotiga ko‘ra, voqea orol yaqinida 23 nafar omon qolganlarni topib, qutqargan malayziyalik baliqchi tomonidan xabar qilingan. Rasmiylar hozirda qolgan 14 kishini qidirmoqda, deb xabar berdi Kazinform.
“Dastlabki tergovlar shuni ko‘rsatadiki, migrantlar 9 mayda Indoneziyaning Kisaran shahridan chiqib ketishgan. Ular Malayziyaning bir nechta mintaqalariga, jumladan, Penang, Terengganu, Selangor va Kuala-Lumpurga yo‘l olgan”, - dedi rasmiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Malayziya dengiz nazorati agentligi bedarak yo‘qolganlarni qidirish uchun qayiqlar, vertolyot va razvedka samolyotini yuborgan.