Aniqlanishicha, 2026 yil 25 aprel kuni soat taxminan 01:00 larda, fuqaro I.X.(1989 y.t.) “Qoplonbek” bojxona postidan to‘rt dona bozor sumkalarini ko‘tarib olib kirish uchun, yuk tashuvchi bo‘lib ishlovchi fuqaro J.S. (1993 y.t.) bilan 500.000 so‘mga kelishgan.
U fuqaroning yuklarini olib o‘tgandan so‘ng yana 100.000 so‘m pul qo‘shib berishini talab qilgan va o‘rtalarida janjal kelib chiqqan.
Jarayonda fuqaro J.S. (1993 y.t.) o‘zini “hududga qarovchi shaxs” sifatida tanishtirib, I.X.(1989 y.t.)ni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Holat yuzasidan Toshkent tumani IIB tomonidan J.S. (1993 y.t.)ga nisbatan MJtKning 183-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud qaroriga ko‘ra unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.