Joriy yilning 9–14-iyul kunlari davomida 986 nafar abituriyent sport, san’at va jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorini namoyon etmoqda. Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari asosida ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, barcha jarayonlar jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida kuzatilmoqda.
Imtihon jarayonlari zamonaviy videokuzatuv tizimlari orqali to‘liq nazorat qilinib, universitetning rasmiy veb-sayti orqali jonli efirda namoyish etilmoqda. Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan bo‘lib, natijalar belgilangan muddatlarda e’lon qilinadi.