Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, Buxoro tumanida shartnoma asosida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer «Qum Sultan» massivdagi ekin maydonlarini suv bilan ta’minlashda muammoga duch kelgan. Uning aytishicha, Kogon tumani hududi orqali keladigan suv to‘xtatib qo‘yilgani sababli, mazkur masalada amaliy yordam so‘rab tuman hokimi o‘rinbosariga murojaat qilgan.

Mansabdor shaxs esa suvni ochib berish va kelgusida bu borada muammo bo‘lmasligini va’da qilib, evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida u 12 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «b» va «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.