Farg‘ona viloyati gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan reyd vaqtida qonunbuzilish holati aniqlandi.

Shaharning “Qaymoqli guzar” MFYda joylashgan, fuqaro I.Z. ga qarashli ovqatlanish maskanida xatlov o‘tkazilganda, isteʼmolchi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum bo‘ldi. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, 6 milliard so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.

Noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.