Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho‘rchi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sho‘rchi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i E.E. tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining rahbari S.X.ga MTMning 42 nafar xodimiga sanitariya sertifikatlarini berishini va’da qilib, 2,1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.