Bugun, 4 sentyabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari va respublika tog‘li hududlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi ehtimoli bor.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, shimoliy va tog‘li hududlarda esa o‘zgaruvchan tus oladi. Ko‘pchilik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bugun va ertaga havo harorati deyarli o‘zgarmaydi. Kunduzи respublika hududining katta qismida havo 28–33 daraja, janubda 35 darajagacha, Farg‘ona vodiyisida esa 23–28 daraja atrofida bo‘ladi. Kechalari va ertalabki soatlarda havo harorati 13–18 darajagacha pasayadi.

6 sentyabr, yakshanba kuni havo harorati yana 2–3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.

4–5 sentyabr kunlari shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzи 30 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba kuni harorat 30–32 daraja, yakshanba kuni esa 32–34 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi, kechalari havo harorati 16–18 daraja atrofida bo‘ladi.