Akmalxon Juraxonovich Ortiqov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi)ning bir qator qism va bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Akmalxon Ortiqov korrupsiyaviy sxemalar sabab ishdan olingani ma’lum qilingan edi.