Bu boradagi muhokamalar hamon davom etayotgan bir vaqtda esa yanada qatʼiyroq tartib amalga kiritildi — endilikda joriy yilning 1 aprelidan kameralar ham qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblashni boshladi.
Keyingi
kunlarda bu yurtdoshlarimizning asosiy suhbat mavzularidan biriga aylangani boisi
shunda. Nafaqat haydovchilar, balki avtomobil boshqarmaydigan insonlar ham buni
qizg‘in muhokama qilayapti. Shu vaqtgacha jarima ballari yo‘l-patrul xizmati
xodimlari tomonidan yozilgan maʼmuriy bayonnomalar asosida hisoblangan bo‘lsa,
endi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali
aniqlangan tegishli yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballari
hisoblanishi ko‘pchilikni xavotirga solmoqda. Fikr bildiruvchilarning bir qismi
yangi tizim haydovchilar uchun qo‘shimcha bosim ekanini aytayotgan bo‘lsa, baʼzilar
yo‘llarda harakatlanayotgan avtomobil egalarini tartibliroq, hushyorroq bo‘lishga
undashini taʼkidlamoqda.
Aslida,
ushbu tizimning amaliyotga kiritilishi haqida avvaldan xabardor edik. O‘tgan
yilning 1 iyun sanasidan jarima ballari yozilishi boshlangancha, keyinchalik kameralar
ham ballarni qayd etishi haqida xabar berilgandi. Hukumatning tegishli qarori
bilan kiritilgan yangi tizim yo‘llardagi qo‘pol qoidabuzarliklarni aniqlash va
ularning oldini olish uchun zarurat ekani aytilgan. Bu haydovchilarning intizomini
kuchaytirish, yo‘llarda xavfsizlikni taʼminlash, qoidabuzarlik ortidan sodir
etilishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda yo‘l harakati
madaniyatini oshirishga qaratilgan muhim chora ekani taʼkidlanmoqda.
Maʼlumotlarga
ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonda 9364 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.
Bularning katta foizi haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga eʼtibor
bermasligi oqibatida kelib chiqqan. Kimningdir qoidalarga bepisandligi boshqa
birovning hayotiga xavf solishi achinarli, albatta. Ballar tizimi esa har bir
haydovchining shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini oshirishi kerak. Tahlillarga
ko‘ra, yurtimizda jarima ballarini hisoblash boshlanganidan so‘ng 2025 yilning
o‘zida haydovchining aybi bilan sodir etilgan avtohalokatlar 34 foiz kamaygan.
Telefondan
foydalanganlik uchun ballar hisoblanmaydi, ammo...
Shunday
qilib, 1 apreldan mamlakatimiz ko‘chalaridagi kameralar tegishli qoidabuzarliklar
uchun jarima ballari hisoblashni boshladi. Haydovchilarning aksari bundan norozibo‘lishni ham unutib, darhol hushyor tortib qoldi, imkon qadar qoida buzmaslik va
jarima ballarini olmaslikka harakat qilayotganini, bu haqida bir-birini ogohlantirayotganiga
guvoh bo‘lyapmiz. Gap shundaki, jarima ballari shunchaki haydovchiga beriladigan
baho emas. Ular uchun jarima undirilmasa-da, har bir to‘plangan ball jiddiy oqibatlarga
olib keladi. Haydovchilar ballar sabab hatto haydovchilik huquqidan vaqtincha
mahrum etilishi ham mumkin.
Ammo
buning uchun yil davomida 12 ball to‘planishi kerak. Albatta, bu ijobiy haarakatlar
uchun beriladigan ballar emas, balki har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi sabab
haydovchi hisobiga yozib boriladigan raqamlardir. Ballarni qo‘llash va hisoblash
tartibi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilangan. Jarima
ballari haydovchilar qoidabuzarliklarni birinchi marta sodir etgan kundan boshlab
keyingi yil shu kungacha amal qiladi va “E-jarimaball” tizimi orqali inson
omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda qayd etib boriladi. Haydovchilar o‘z
ballarini shu tizim orqali yoki rasmiy mobil ilova yordamida mustaqil kuzatib
borishi mumkin. Maʼlumotda to‘plangan jarima ballari bilan birga qabul qilingan
qaror raqami va sanasi kabilar ham ko‘rinadi.
Ballar
qoidabuzarlik darajasiga qarab 0,2 balldan 2 ballgacha tartibida hisoblanadi.
Masalan, tezlikni oshirish 0,5 balldan 2 ballgacha (oshish darajasiga qarab), qizil
chiroqda o‘tish 1 ball, yo‘l-transport hodisasi joyini tark etish 2 ball yozilishiga
sabab bo‘ladi va hokazo. Ana shu raqamlar to‘planib bir yil ichida 12 ballga
yetganida esa haydovchiga “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeks moddalariasosida tegishli tartibda jazo choralari qo‘llanilib, 6 oydan 3 yil muddatgacha
haydovchilik guvohnomasidan mahrum etiladi.
Odamlarni
tashvishga solayotgan masala ham shunda. Bir yil uchun 12 ball juda ozdek,
kutilmaganda sodir etiladigan istalgan yo‘l harakati qoidasi ham bu ballarni
to‘plab olishga sabab bo‘lishi mumkinligidan ko‘pchilik xavotirda. Hatto ijtimoiy
tarmoqlar orqali “endi kuzatuv kameralari piyodaga yo‘l bermaslik, xavfsizlik
kamarini taqmaslik, telefondan foydalanish kabi qoidabuzarliklar uchun ham jarima
bali yozadi” mazmunidagi maʼlumotlar tarqalib, tushunmovchiliklarga sabab
bo‘lmoqda.
— Jarima
ballari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim maʼlumotlar noto‘g‘ri
bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, — deydi O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi
departamenti Yo‘HH axborot xizmati boshlig‘i Zoyir Yo‘ldoshev. — Hukumatning
tegishli qarori bilan “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 12 ta
moddasiga ko‘ra qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari belgilangan.
Aytaylik, svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, ruxsat etilmagan joyda
to‘xtab turish, tezlikni belgilangan meʼyordan oshirish kabilar bevosita inson omili
bilan bog‘liq va afsuski, bunday qoidabuzarliklarni muntazam sodir etib
kelayotganlar bor. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda keltirilayotganidek, piyodaga yo‘l
bermaslik, xavfsizlik kamarini taqmaslik, telefondan foydalanish kabi qoidabuzarliklar
uchun jarima ballari mavjud emas. Biroq bu ushbu turdagi qoidabuzarliklar yengil
ekanini va ularni istalgancha amalga oshirish mumkinligini anglatmaydi.
Avtomobil
ichida mulk egasi emas, boshqa odam bo‘lsa-chi?
Kameralar
belgilangan qoidabuzarliklar uchun jarima ballarini yozishi tushunarli. Ammo
qoidabuzarlik qayd etilgan avtomobil ichida mulk egasi emas, balki boshqa odam
bo‘lsa-chi? Tabiiyki, kamera haydovchi shaxsini aniqlab, uning o‘ziga jarima balini
hisoblay olmaydi. Har holda hozircha bunday tizim yo‘lga qo‘yilmagan. Shunday ekan,
boshqa birov sodir etgan qoidabuzarlik uchun avtomobil egasi nomiga jarima bali
qayd etilishi qanchalik o‘rinli?
Keyingi
kunlarda yangi tizim bilan bog‘liq berilayotgan eng ko‘p savollardan biri ham shu
bo‘lmoqda. Yaʼni mashina egasi boshqa, rullда esa boshqa odam bo‘lgan holatda jarima
bali haqiqiy huquqbuzarga yozilishi qay tartibda amalga oshirilishi, umuman, bu
vaziyat tizimda nazarda tutilganmi yoki yo‘q ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.
Mutasaddilar bunday holatda masʼuliyatni avtomobilni boshqargan fuqaroga
topshirish tartibi ishlab chiqilgani va talabgorlar tegishli qoida asosida uni
amalga oshirishi mumkinligi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tushuntirishlar
bermoqda.
Keltirilishicha,
yangi tartibga asosan, jarima ballarini taqsimlash mechanizmi ham joriy
etilmoqda. Unga ko‘ra, agar transport vositasini uning mulkdori emas, boshqa shaxs
ishonchnoma, sug‘urta polиси yoki yo‘l varaqasi asosida boshqargan bo‘lsa, jarima ballari
aynan qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchiga yuklanishi mumkin.
— Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan jarima ballarini transport vositasini boshqargan haydovchiga nisbatan qo‘llash uchun avtomashina egasi tomonidan elektron ariza topshirish tartibi belgilangan, — deydi Zoyir Yo‘ldoshev. — Qoidabuzarlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga o‘tkazish xizmati yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov. uz) yoki Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali ariza yuborish tarzida amalga oshiriladi. Keling, buni my.gov.uz misolida tushuntiraman. Dastlab transport vositasi egasi, yaʼni mulkdori tomonidan shaxsiy kabineti orqali ariza kiritilib, boshqarish huquqini olgan shaxs o‘z majburiyatlarini elektron raqamli imzo yoki “Face ID” orqali tasdiqlashi kerak. Ushbu xizmat uchun BHMning 10 foizi, ariza my.gov.uz orqali topshirilganda esa 9 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Shundan so‘ng kiritilgan ariza Yo‘HHning maʼmuriy amaliyot moduliga kelib tushadi va belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, tasdiqlangani yoki rad etilgani to‘g‘risidagi xabar fuqaroга elektron tizim va SMS xabarnoma orqali yuboriladi. Javobgarlikni qabul qilib oluvchi ham buni tasdiqlashi kerak. Shundan so‘ng qurilmalar tomonidan aniqlangan tegishli qoidabuzarliklarning jarima ballari boshqaruvni qabul qilgan haydovchiga nisbatan qo‘llanila boshlaydi.
Mazkur
xizmatdan foydalanishda ijtimoiy reyestrdagilar hamda I va II guruh nogironligi
bor shaxslar uchun to‘lovlarda 50 foiz chegirma mavjud. Davlat organlari va yo‘lovchi
tashuvchilar uchun esa o‘z xodimlariga javobgarlikni rasmiylashtirish tekin.
Haydovchilik
guvohnomasini qaytarib olish uchun qaytadan imtihon topshiriladi
Qoidabuzarliklar
uchun javobgarlikni kim zimmasiga olishini avtomobil egasining o‘zi hal qiladi.
Ammo javobgar kim bolishidan qatʼi nazar, qoidabuzarliklar uchun jarima ballari
hisoblanishda davom etadi. Agar bir yil ichida ballar soni 8 tadan oshsa,
haydovchiga SMS orqali ogohlantiruv yuboriladi. 12 ball to‘planganda maʼlumot maʼmuriy
chora ko‘rish masalasini ko‘rib chiqish uchun sudga yuboriladi. Haydovchi sudda bayonnomaga
qarshi shikoyat bildirishim mumkin, asosli bo‘lsa, qaror va ballar bekor qilinadi.
Aksincha holatda esa haydovchi 6 oydan 3 yil muddatgacha haydovchilik
guvohnomasidan mahrum qilinadi.
Odamlarni
haydovchilik huquqidan mahrum etilgan fuqaro qay tartibda yana guvohnomani
qaytarib olishi, uning shartlari qanday bo‘lishi haqidagi savollar ham qiziqtirmoqda.
Mutasaddilarning aytishicha, fuqaro guvohnomani qaytarib olish uchun qaytadan
imtihon topshirishiga to‘g‘ri keladi.
—
Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi tegishli qarorida avtomototransport
vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar milliy haydovchilik guvohnomasini
qaytarib olish uchun mahrum qilish muddatidan qatʼi nazar, maʼmuriy jazo muddati
nihoyasiga yetgach, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, nazariy hamda amaliy
imtihonlarni qayta topshirishi shart ekani ko‘rsatilgan, — deydi Zoyir Yo‘ldoshev. —
Demak, fuqaroning haydovchilik huquqi nazariy va amaliy imtihonlardan o‘tish
asonisida qaytarib olinadi. Yana bir tomoni, amaldagi tartibga ko‘ra, haydovchilik
huquqidan mahrum etilgan shaxs ushbu huquqni qaytarib olish uchun nazariy
imtihonlarda 20 tadan 18 ta emas, balki 50 ta savoldan 46 tasiga to‘g‘ri javob
berishi talab etiladi. Shu bois, haydovchilar, avvalo, o‘zi va boshqalar
xavfsizligi, qolaversa, haydovchilik huquqidan mahrum bo‘lib qolmasligi uchun ham
yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy rioya etishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yaʼni endi
haydovchilar ballar tizimiga moslashibgina qolmay, yo‘llarda harakatlanayotganda
intizom va hushyorlikni oshirishi kerak. Chunki tizim amaliyotga joriy etildi va
kameralar jarima ballarini qayd etishni boshladi. Ehtiyotsizlik sabab 12 ball
to‘planib qolsa, jarima puli bilan qutulib bo‘lmaydi, kamida olti oy haydovchilik
guvohnomasidan mahrum bo‘lishga to‘g‘ri keladi.
Tartibli
haydovchilar uchun esa imtiyoz va rag‘batlar mavjud. Masalan, agar haydovchi bir yil
ichida umuman qoidabuzarlik sodir etmasa va ball yig‘masa, rag‘batlantirish tariqasida
navbatdagi yilda yozilgan birinchi jarima bali hisoblanmaydi. Bordi-yu, yil davomida
birinchi ballni yig‘ib, undan keyin takroran umuman qoidabuzarlik sodir etmagan
taqdirda ham navbatdagi yilda olgan birinchi bali chegirib tashlanadi. Shuningdek,
haydovchi oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima hisoblangan vaqtdan boshlab 6 oy
davomida umuman qoidabuzarlik sodir etmasa, umumiy to‘plagan ballaridan 2 ball
chegiriladi.
Bir yil
ichida jarima ballari 12 ballga yetmasa, haydovchiga qonuniy jazo chorasi
qo‘llanilmaydi va bungacha to‘plangan ballari kelasi yil davri uchun hisoblanishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. Navbatdagi yildan jarima ballarini hisoblash yangidan boshlanadi.
Bular ham haydovchiga qo‘shimcha yengilliklar berilib, ballar tizimi jazo chorasi
emas, balki yo‘llardagi xavfsizlikni taʼminlashga qaratilganini ko‘rsatadi.
Iroda
TOSHMATOVA,
“Yangi
O‘zbekiston” muxbiri