Hujjatga ko‘ra:

a) chet eldagi korxonalarining ustav kapitalini shakllantirish (ulushli ishtirok etish) va chet elda filiallar, vakolatxonalar va savdo uylarining faoliyatini tashkil etishga:

  • 200 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonalar uchun;
  • 100 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar uchun;

b) chet eldagi filial va vakolatxonalarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirishga:

  • 100 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonalar uchun;
  • 50 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar uchun;

d) chet eldagi korxonalarining ustav kapitalini shakllantirish yoki ulushli ishtirok etishga – 10 000 $ gacha, jismoniy shaxslar uchun.

2. Banklar tomonidan kapital harakati operatsiyalari bo‘yicha qog‘oz jurnal hamda hujjatlarning nusxalari tikilgan yig‘majildlar yuritish talabi bekor qilindi.

Bunda, jarayonni raqamlash orqali ushbu operatsiyalarni ro‘yxatga olish Markaziy bankning “FERUz” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi.

3. Kapital harakati operatsiyalari hisobini yuritish raqamlashtirilgani munosabati bilan ushbu operatsiyalarni faqat asosiy hisobvaraq ochilgan bank orqali amalga oshirish talabi bekor qilinmoqda.

4.Endilikda tadbirkorlik subyektlari kapital harakati operatsiyalarini ikkilamchi hisobvaraqlar orqali ham amalga oshirishlari mumkin.

1. Rezidentlarning chet eldagi investitsiya faoliyati uchun 1 kalendar yil davomidagi limitlar amaldagi 10 000 $ o‘rniga quyidagicha oshirilmoqda: