Jinoyatlar DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fosh bo‘ldi.

Kadastr agentligining Qarshi tuman bo‘limi yetakchi inspektori fuqaroning noqonuniy egallab olingan 12 sotix yeri uchun belgilangan 82 mln so‘mlik jarimani mansabdor tanishlari orqali bekor qilib berishni va’da qilgan. Shuningdek, u ushbu yer maydoniga kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2 000 AQSh dollari so‘ragan va pulni olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Shahrisabz tumanida esa muqaddam firibgarlik uchun sudlangan 59 yoshli shaxs va Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali xodimi ushlandi. Ular o‘zaro kelishib, dehqon xo‘jaligiga tegishli 9 sotix yer­ni qurilish firmasi rahbari nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lishgan.

Ular ushbu «xizmat» uchun 7 000 AQSh dollari so‘rashgan va kelishilgan puldan 4 000 dollarini olayotgan vaqtda qo‘llariga kishan solingan.

Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.