— O‘yin qiziqarli o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda biz o‘yinni o‘zgartirishga erishdik. Chap qanotdan imkoniyatlar yaratdik. O‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik.

Avvalambor biz O‘zbekistonni butun dunyoga ijobiy namoyish etish uchun bu yerga keldik. Men doim jamoamga o‘yin davomida faol harakat qilish kerakligini aytib kelaman. Kolumbiya singari jamoalarga qarshi o‘ynash, to‘psiz harakat qilish osonmas. Umuman olganda, ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, biroq afsuski gol o‘tkazib yubordik.

Biz bu stadionda o‘tgan ushbu o‘yinni eslab qolamiz. Chunki bu tarixiy o‘yin. Biz Jahon chempionatidamiz. Bugungi o‘yim biz uchun yaxshi bo‘ldi, deb ayta olaman. Xatolar bo‘ldi, ular ustida ishlaymiz.

— Futbolchilarimdan g‘ururlanaman. Ular yaxshi o‘ynashdi. Bugun qiyin o‘yin bo‘ldi. Bunday stadionda, muxlislar qarshisida o‘ynash oson emas. Lekin bu sizga ko‘proq motivatsiya berishi ham mumkin, — dedi u.