DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar va Bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Farg‘ona – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada Chirchiq shahrida yashovchi, 1995 y.t. fuqaro boshqaruvidagi ushbu avtomashina yukxonasiga yashirib qo‘yilgan 1 kg “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “VAZ-2103” rusumli avtotransport vositasi shubha ostiga olinib, tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1987 y.t., muqaddam sudlangan shaxsga tegishli mazkur avtomashina salonida 995 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1975 y.t. fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yerto‘lasidan 648 gr “gashish” moddasi olindi. Shuningdek, u mazkur giyohvandlik vositasini Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1972 y.t. tanishidan 5 ming AQSH dollariga sotib olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham protsessual tartibda ushlandi.