Tadbirda Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan Farg‘ona tumanida yashovchi, 1995 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 2 kg 40 gr “gashish” moddasi va 5600 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, mazkur shaxs Qirg‘iz Respublikasidagi jinoiy sherigidan olgan giyohvandlik vositalarini Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgan.
Hozirda unga nisbatan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246, 251-1 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.