U ayblanuvçiga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergovni uning foydasiga hal qiliş, yetkazilgan zarar miqdorini kamaytiriş va qidiruvni bekor qilişni vaʼda qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Boş prokuraturaning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida tezkor tadbir ötkazdi.

Tadbir davomida Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Farğona şahar bölimi tergovçisi Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida olib borilayotgan tergov harakatlarini ayblanuvçi foydasiga hal qiliş, yetkazilgan zarar miqdorini kamaytiriş va unga nisbatan eʼlon qilingan qidiruvni bekor qiliş evaziga 100 ming AQŞ dollari miqdorida pora olganlikda gumon qilinib uşlandi.

Holat yuzasidan mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.

Ayni vaqtda jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.