Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘allaorol tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Jizzax suv ta’minoti” AJ Jizzax shahar filiali inspektori O‘.A. fuqaro U.S.ning qurilishi tugallanmagan binosida suvdan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Mirzacho‘l tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Jizzax suv ta’minoti” AJ Mirzacho‘l tumani filiali muhandisi A.X. fuqaro A.E.ning ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik va jarima yozmaslik evaziga 2,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.