"Bu xalqaro investorlar tomonidan mamlakatimizga bildirilgan yuksak ishonch belgisidir.
Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish boʻyicha ishchi guruh rahbari sifatida alohida taʼkidlamoqchiman: biz hamkorlarimiz bilan faol aloqalarni davom ettiramiz.
Strategik maqsadimiz — 2030 yilga qadar yurtimiz reytingini “investitsiyaviy” darajaga olib chiqish", — deyiladi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xabarida.