Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi, deb xabar berdi report.az.

"Hondiusda kelgan yo‘lovchilarning birinchi guruhi kemadan tushishni boshladi", deb yozgan u.

Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilarning ahvolini epidemiologik baholash olib borilmoqda va charter reyslari Ispaniya Ichki ishlar vazirligi bilan muvofiqlashtirilmoqda.

Avvalroq Gebreyesus Niderlandiyaning MV Hondius kemasida Hantavirus infeksiyasining birinchi holatlari virus tashuvchi kemiruvchilar yashaydigan hududlarda qushlarni kuzatish safari davomida Argentina, Chili va Urugvayga tashrif buyurgan ikki sayyoh bilan bog‘liqligini xabar qilgan edi.