Bugungi kunda yurtimizda jami 157 ta elektr stansiya mavjud – ularning umumiy o‘rnatilgan quvvati 27 343 MVt.

Shundan:

IES/IEMlar – 17 774 MVt

GESlar – 2 442 MVt

QFES – 3 930 MVt

SHES – 1652 MVt

Batareya – 1 545 MVt.

2026-yil boshidan bugungi kungacha barcha elektr stansiyalar tomonidan 42,2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 2,3 mlrd kVt·soat yoki 6 foizga ko‘pni tashkil qiladi.

Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 15-iyun kuni holatiga O‘zbekistondagi barcha gidro, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 9,8 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1,8 mlrd kVt·soat yoki 23 foizga ko‘pni tashkil qiladi.