Germaniya banki delegatsiyasi “Oʻzbeknenftgaz” AJda ayni paytda amalga oshirilayotgan loyihalar, transformatsiya jarayonlari, iqtisodiy barqarorlikka erishish borasida tatbiq etilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, xorijiy bank tomonidan kredit loyihalari riskini hisobga olish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan sindikatlashgan kredit loyihasining joriy holati va “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan xalqaro moliya bozoriga joylashtirilgan yevrobondlar boʻyicha tahliliy maʼlumotlar berildi.
Ayni paytda “Deutsche Bank AG” tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan axborot almashish tezkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida elektron platforma yaratish boʻyicha konsepsiya loyihasi tayyorlanyapti. Kelgusida ushbu platforma Oʻzbekiston investitsiya bozori jozibadorligini oshirish va sarmoyadorlarni jalb etish, bank tomonidan taklif etiladigan moliyaviy instrumentlarni muhokama etish maydoniga aylanadi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Maʼlumot oʻrnida: “Deutsche Bank AG” aktivlari boʻyicha Germaniyadagi eng yirik banklardan biri hisoblanadi. Valyuta bozorining asosiy ishtirokchisi boʻlgan bank dunyoning 59 davlatidagi filial va vakolatxonalari orqali 28 million mijozga xizmat koʻrsatib kelyapti.
Germaniya banki bilan axborot almashish uchun elektron platforma yaratiladi
“Oʻzbekneftgaz” AJ va Germaniyaning “Deutsche Bank AG” vakillari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
O‘mon Sultoni O‘zbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazdi
- Oʻzbekiston va Oʻmon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar
- Oʻzbekiston Prezidenti Oʻmonning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
- Oʻzbekiston va Oʻmon yetakchilarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
- Özbekistonda sport sohasi raqamlaştiriladi: maktablarda kamida bittadan sport tögaragi taşkil etiladi
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi