Joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 03:16 larda Guliston tumani Oltin vodiy MFY Komillik ko‘chasida joylashgan «Inkassatsiya xizmati» MCHJga qarashli bankomatdan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash xizmati Monitoring markaziga tashvish signali kelib tushgan.

Signal qabul qilinishi bilan ma’lumot zudlik bilan Guliston tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Qo‘riqlash xizmati tezkor harakatlanuvchi guruhiga yetkazilgan. Xodimlar voqea joyiga yo‘l olgan.

Tezkor guruh voqea joyiga yetib borganida bankomat oldida yuzini berkitgan va qo‘liga qo‘lqop kiygan shaxs turgani aniqlangan. U qo‘lidagi bolta va boshqa ashyo­lar yordamida bankomatning tashqi qismini buzishga uringan.

Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan shaxs ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.