Ayni paytda markazda 100 nafardan ortiq tinglovchi yapon tilini oʻrganmoqda, 30 nafar tadbirkor esa tadbirkorlik yoʻnalishida tahsil olmoqda. Mashgʻulotlarda til oʻrganish bilan bir qatorda Yaponiya madaniyati, urf-odatlari va biznes yuritish tajribasi boʻyicha amaliy bilimlar ham berilmoqda.

Markazning asosiy maqsadi — yoshlar va tadbirkorlarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, ularni xalqaro tajriba bilan tanishtirish hamda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi taʼlimiy, madaniy va iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash.

Shuningdek, Buxoro davlat texnika universitetining 100 nafar talabalarini bepul yapon tili kurslarida oʻqitish uchun saralash jarayoni boshlangan. Ayni paytda talabalar bilan suhbatlar oʻtkazilib, ularning yapon tilini oʻrganishga qiziqishi va salohiyati baholanmoqda.

Tashabbus talabalarga yapon tilini bepul oʻrganish, Yaponiya madaniyati va tajribasi bilan yaqindan tanishish hamda kelgusida yangi taʼlim va kasbiy imkoniyatlarga ega boʻlish uchun sharoit yaratadi.