Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Joriy yilning 24 may kuni Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasida voyaga yetmagan 2009-yilda tug‘ilgan A.A. hamda voyaga yetmagan 2010-yilda tug‘ilgan M.O. lar kelishmovchilik oqibatida tortishib qolganligi va o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan. Shundan so‘ng, ushbu janjalga yana bir nechta fuqarolar qo‘shilgan. Janjal oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.