Transport nazorati inspektsiyasi Toshkent shahridagi avtomobil yo‘llarida noqonuniy qazish ishlari, shuningdek, respublika bo‘ylab temir yo‘l ob’yektlarida harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar haqida xabar qabul qilmoqda.
Buning uchun @tni_murojaat_bot maxsus boti orqali murojaat yuborish mumkin.
Masalan, yo‘lda ruxsatsiz qazish ishlari olib borilayotganini, temir yo‘l ob’ektida xavfli holat yuzaga kelganini ko‘rsangiz, holat haqida xabar bering. Murojaat mas’ul xodimlar tomonidan o‘rganilib, aniqlangan kamchilikni bartaraf etish bo‘yicha chora ko‘riladi.
Bir qarashda oddiydek ko‘ringan qazilgan yo‘l yoki temir yo‘ldagi nosozlik kimningdir hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun xavfli holatni ko‘rsangiz, xabar berish — befarq qolmaslikning bir yo‘li.