Ushbu Nizom intellektual faoliyat boʻyicha tanlovlarni tashkil etish, oʻtkazish, tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarini taqdirlash tartibini belgilaydi.
Nizomga koʻra, tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha tashkil etiladi:
- “Eng yaxshi ixtiro”;
- “Eng yaxshi foydali model”;
- “Eng yaxshi sanoat namunasi”;
- “Eng yaxshi elektron hisoblash mashinasi uchun yaratilgan dastur va maʼlumotlar bazasi”;
- “Eng yaxshi seleksiya yutugʻi”.
Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
- 1-bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
- 2-bosqich – respublika miqyosida.
Tashkilotchi har yili 1 mayga qadar tanlov shartlari va baholash mezonlarini tasdiqlaydi hamda oʻz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanlovni eʼlon qiladi.
Tanlovning 2-bosqichi gʻolib va sovrindorlari BHMning quyidagi miqdorlarida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
- 1-oʻrin egalariga – 150 baravari;
- 2-oʻrin egalariga – 125 baravari;
- 3-oʻrin egalariga – 100 baravari.