Ushbu Nizom intellektual faoliyat boʻyicha tanlovlarni tashkil etish, oʻtkazish, tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarini taqdirlash tartibini belgilaydi.

Nizomga koʻra, tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha tashkil etiladi:

  • “Eng yaxshi ixtiro”;
  • “Eng yaxshi foydali model”;
  • “Eng yaxshi sanoat namunasi”;
  • “Eng yaxshi elektron hisoblash mashinasi uchun yaratilgan dastur va maʼlumotlar bazasi”;
  • “Eng yaxshi seleksiya yutugʻi”.

Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:

  • 1-bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
  • 2-bosqich – respublika miqyosida.

Tashkilotchi har yili 1 mayga qadar tanlov shartlari va baholash mezonlarini tasdiqlaydi hamda oʻz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanlovni eʼlon qiladi.

Tanlovning 2-bosqichi gʻolib va sovrindorlari BHMning quyidagi miqdorlarida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin egalariga – 150 baravari;
  • 2-oʻrin egalariga – 125 baravari;
  • 3-oʻrin egalariga – 100 baravari.