Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur toʻlovlar PQ-134-son qarorga muvofiq amalga oshirilmoqda. Unga koʻra, oilalarga elektr energiyasi (150 kVt) va tabiiy gaz (250 kub metr) boʻyicha bazaviy meʼyordan ortiq sarflangan qismi uchun narxlar farqi qoplab beriladi.

Tahlillarga koʻra, 1,3 mlndan ortiq arizaning:

  • 64,9%i — 200 kVtgacha,
  • 19,7%i — 200–350 kVt,
  • 15,4%i — 350 kVtdan yuqori elektr isteʼmoliga toʻgʻri kelgan.

Tabiiy gaz boʻyicha 362,8 ming oilaning:

  • 79,4%i — 500 kub metrgacha,
  • 14%i — 500–700 kub metr,
  • 6,6%i — 700 kub metrdan yuqori isteʼmol qilgan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu kompensatsiya toʻlovlari 2027 yil 1 aprelgacha davom ettiriladi.