13 banddan iborat qarorga ko'ra, Isroil 60 kun ichida qo'shni mamlakat janubidan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketadi, “Hizbulloh” kuchlari Litani daryosidan shimolga chekinishi kerak, janubiy chegara hududida esa Livan xavfsizlik kuchlari va muntazam armiya joylashib oladi. Mamlakat janubida yashovchi livanliklar, sulh e'lon qilinganidan so'ng, ko'pchiligi xarobaga aylangan uylariga qaytishni boshladi. The New York Times gazetasining Planet Labs tomonidan sun'iy yo'ldoshdan olingan suratlar tahliliga asoslangan hisob-kitoblariga ko'ra, noyabr oyi boshida Isroil mudofaa kuchlari Livanda, asosan, mamlakat janubida va Bayrut atrofida mingdan ortiq binolarni vayron qilgan. Mays al-Jabal va Mhabib kabi ba'zi qishloqlar deyarli vayron qilingan. Isroil rasmiylari ularning maqsadi “Hizbulloh”ning bu qishloqlarda joylashtirilgan qurol-yarog' omborlari, platsdarm va tunnellarini o'z ichiga olgan harbiy infratuzilma ekanini aytdi. Shuningdek, “Hizbulloh”ning Isroilni o'qqa tutishi oqibatida ham katta vayronagarchiliklar kuzatilmoqda, biroq hozircha mahalliy aholining aksariyati sulh buzilishi va jangovar harakatlarning qayta boshlanishidan qo'rqib qaytishni istamayapti, deb xabar beradi meduza.io.
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda
26-noyabr kuni kechqurun Isroil va Livan o'rtasida o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuv tuzilgandi.
Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi gʻoliblariga
- Oʻzbekistonda 2025 yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha 7 517 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan
- Chexiya va Slovakiyada ishlamoqchi bo‘lgan tibbiyot mutaxassislari ro‘yxatga olinadi
- Bolaning familiyasiga otasining ismini berishga ruxsat beriladi
- O‘zbekiston quruvchilariga bayram tabrigi
- Behruz Karimov faoliyatini Shveytsariyaning «Lugano» klubida davom ettiradi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Shahrisabz tumani hokimiga qarshi xizmat tekshiruvi o‘tkazishni so‘radi