Bu haqida «Kun.uz» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchilarga 987 ta epizod bo‘yicha ayb e’lon qilinib, jami 88,5 mlrd so‘m zarar hisoblangan. Sudda ular 130 ta epizod bo‘yicha aybsiz deb topilib, oqlanadi. Ayrim jabrlanuvchilar esa da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.
Shu tariqa sudlanuvchilardan 834 ta epizod bo‘yicha jabrlanuvchilarga 60 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar undirish belgilandi. Bunda har bir sudlanuvchi o‘zi aybli deb topilgan epizodlar bo‘yicha zararni qoplashi nazarda tutilgan.
Sudlanuvchilarga quyidagicha jazo tayinlandi:
- Qodirov Dilshod Muhammadjonovich — Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, boshqa jinoyat ishi doirasida muqaddam tayinlangan jazoni qisman qo‘shish yo‘li bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Abdurahmonov Abdumannop Abduhakim o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, boshqa jinoyat ishi doirasida muqaddam tayinlangan jazoni qisman qo‘shish yo‘li bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Abduhakimov Ibrohim Anvar o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Niğmonjonov Muhammadmuso Ruslan o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, boshqa jinoyat ishi doirasida muqaddam tayinlangan jazoni qisman qo‘shish yo‘li bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish hamda BHMning 410 baravari miqdorida jarima;
- Saidov Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Rahimov Mirqodir Rahmat o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Toirjonov Akrom Baxtiyor o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Muhammadjonov Shukurullo Rixivoy o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Tal’atov Sarvar Tohir o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Ismoilov Iskandar G‘ayrat o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Toshtemirov O‘gabek Zokir o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Xudoyberdiyeva Umidabonu Rahim qizi — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari bilan aybli deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Nematov Shuxratjon Nusrat o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «v» bandi bilan aybli deb topilib, boshqa jinoyat ishi doirasida muqaddam tayinlangan jazoni qisman qo‘shish yo‘li bilan 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish;
- Mahmudov Mirjalol Muqumjon o‘g‘li — Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «v» bandi bilan aybli deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish.
Shunday qilib, ikki kishi 10 yilga, bir kishi 9 yilga, 8 kishi 8 yilga, yana uch kishi esa 6,5, 6 va 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Ma’lumot uchun, “Umid avto” rahbari Abdumannop Abdurahmonov 2025 yil yanvar oyi boshida qamoqqa olingandi. 2025 yil iyun oyi oxiriga kelib esa mashina olib berish bahonasida 840 dan ortiq odamni chuv tushirgan guruh ushlangandi.