Ushbu uchrashuvgacha har ikki shaxmatchi 3 partiyadan 2,5 ochkodan toʻplagan edi. Navbatdagi gʻalaba Sindarovga 4 partiyadan 3,5 ochko jamgʻarish va birinchi oʻringa koʻtarilish imkonini berdi.
36-yurishda yakunlangan partiyada oq donalarda oʻynagan Sindarov ustunlikni ishonch bilan saqlab qoldi. Oʻyin oʻrtasida raqibning xatosi hal qiluvchi burilish nuqtasi boʻlib, oʻzbekistonlik shaxmatchi tashabbusni toʻliq oʻz qoʻliga oldi.
Bu natija Sindarov uchun turnirdagi uchinchi gʻalaba boʻlib, uni yakuniy gʻoliblik uchun asosiy daʼvogarlardan biriga aylantirdi.
Navbatdagi 5-tur 3-aprel kuni boʻlib oʻtadi. Unda Sindarov qora donalarda Xikaru Nakamuraga qarshi bahs olib boradi.
2026-yilgi Nomzodlar turniri 29-martdan 15-aprelgacha davom etadi. Unda dunyoning eng kuchli 8 nafar grossmeysteri ishtirok etmoqda. Gʻolib amaldagi jahon chempioni Dommaradju Gukeshga qarshi jahon toji uchun bahs olib borish huquqini qoʻlga kiritadi.