1. Moliyalashtirish tartibi o‘zgaradi
Kasallikning dastlabki 5 kuni uchun to‘lov ish beruvchi, 6-kunidan boshlab esa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.
2. Nafaqa sug'urta stajiga qarab belgilanadi.
Sug'urta staji:
6 oydan 8 yilgacha bo'lganda — o‘rtacha ish haqining 60%;
8 yildan ortiq bo'lganda — o‘rtacha ish haqining 80%.
3. Imtiyozli toifalarga staj koeffitsiyenti 20 % ga oshiriladi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, 4 va undan ortiq farzandi bor hamda nogironligi bo‘lgan farzandni tarbiyalayotgan ota-onalar uchun nafaqa miqdori 20 foizga oshiriladi.
4. To‘lov muddati
oyning 1–15-kunlari tayinlangan nafaqalar — oyning 25-sanasigacha;
oyning 16-sanadan keyin tayinlansa — keyingi oyning 10-sanasigacha to‘lanadi.
5. Kasallik nafaqasi (больничный) bir kalendar yilida jami 182 kungacha to‘lanadi.
6. Nafaqa hisoblashning eng yuqori chegarasi
Nafaqa hisoblanganda o'rtacha ish haqining MHTEKMning 10 baravaridan oshmagan qismi inobatga olinadi.
7. Jarayon raqamlashtirildi
Nafaqa tayinlash va to‘lash jarayoni elektron shaklda amalga oshiriladi.
Yangi tartib kasallik nafaqasini tayinlash va to‘lash tizimini yanada shaffof, qulay va adolatli qilish, fuqarolarga xizmatlarni tezkor hamda zamonaviy shaklda ko‘rsatishga xizmat qiladi.