Hukumatning 2026 yil 20 avgustdagi 451-son qarori bilan direktorlar va direktor o‘rinbosarlarini menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, texnikumlarda faoliyat yuritayotgan direktorlar va direktor o‘rinbosarlari belgilangan talablar asosida menejerlik sertifikatini oladi.
Direktorlar va ularning o‘rinbosarlari maxsus portal orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘quv kursida qatnashish uchun ariza topshiradi.
O‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlaganlarga davlat namunasidagi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron sertifikat beriladi.
Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega direktorlar va direktor o‘rinbosarlariga sertifikat ularning arizasi asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3 yil muddatga beriladi.
Yakuniy sinovdan ijobiy natija ko‘rsatgan tinglovchiga sinov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta ichida o‘quv tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida sertifikat beriladi.