Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning uchta provinsiyasi va 24 ta tibbiy zonasida kasallikning 344 ta tasdiqlangan holati qayd etilgan. Ulardan 60 nafari vafot etgan. Bundan tashqari, gumon qilingan holatlar soni o‘tgan haftadagi mingdan ortiq holatdan bugungi kunda 116 ta holatga kamaydi.
Yaqinda Kongo Demokratik Respublikasiga borib qaytgan Tedros Adxanom Gebreyesus mahalliy hokimiyat va tibbiyot xodimlari epidemiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etayotganini ta’kidladi.
— Men ko‘rgan holatlar menga umid bag‘ishlaydi. Biroq, hali ham hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar mavjud, — dedi u.
JSST rahbari qo‘shma sa’y-harakatlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar tufayli Ebola epidemiyasi tarqalishini cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bera boshlaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rilayotgan choralar kasallikning yanada tarqalishini nazorat qilish imkonini beradi, deb xabar bedi Kazinform.