Toshkent shahrida yashovchi, bir nechta fuqarolardan IIBga bir xil mazmundagi murojaatlar kelib tushgan bo'lib, ularda fuqarolar telegram messenjerida "Kreditga tilla va brilliantlar" nomli guruhga a'zo bo'lishib, tilla taqinchoqlar olish istagini bildirishganida “Gizem” nomli akkauntdan o'zini “Dilyara” deb tanishtirgan ayol kreditga turli naxlardagi tilla taqinchoqlarni taklif qilib, ularni xarid qilish uchun ko'rsatilgan bank karta raqamlariga boshlang'ich to'lovni o'tkazib berishlari kerakligini aytib, shundan so'ng u taqinchoqlarni "dostavka" qilib yuborishini ma'lum qilgan.
Fuqarolar talab qilingan pullarni o'tkazib berganidan so'ng yozishmalarning barchasi o'chirilgan va ular firibgarlar tuzog'iga tushganliklarini tushunib yetishgan, shu sababli firibgarga nisbatan qonuniy chora ko'rishlikni so'rashgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni firibgarlik yo'li bilan talon-taroj qilgan shaxs muqaddam ham shu turdagi jinoyatni sodir etib, O'zR. JKning 168-moddasi bilan sudlangan Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida yashovchi 1998 y.t. Sh. D ekanligi aniqlangan.
Sh. D ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kreditga tilla va brilliantlar beramiz" deyayotgan internetdagi firibgarlardan ehtiyot bo'ling!
Fuqarolar talab qilingan pullarni o'tkazib berganidan so'ng yozishmalarning barchasi o'chirilgan va ular firibgarlar tuzog'iga tushganliklarini tushunib etishgan, shu sababli firibgarga nisbatan qonuniy chora ko'rishlikni so'rashgan.
Ozarbayjonda «Birlik kuchi — 2026» qoʻshma harbiy mashgʻulotlari boshlandi
- Mudofaa sanoati qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
- Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi
- Bugun kechqurun Toshkentda atmosferada inversiya hodisasi kuzatilishi mumkin
- Toshkentda yashil hududlar saqlab qolinishi shart — Urbanizatsiya milliy qo‘mita
- “Navoiyuran” davlat korxonasida mas’ul rahbarlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda