Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati hamda Navoiy viloyatining shimolida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Buxoro viloyati va Navoiy viloyatining janubiy hududlarida asosiy yomg‘irlar 1 may kuniga to‘g‘ri keladi, 2–3 may kunlari esa ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘irlar bo‘lishi mumkin.
1 may kuni ayrim hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda esa chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Havo harorati bugun kunduzgi asosan 27–30 darajani tashkil etadi. Dam olish kunlarida esa 22–25 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Shimoli-g‘arbiy hududlarda bugun eng salqin harorat 20–23 daraja atrofida bo‘lib, yakshanbaga kelib 27–30 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida 1–3 may kunlari vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shuningdek, sel-suv toshqinlari yuzaga kelish xavfi mavjud.
Toshkentda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 28–30 daraja atrofida bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari ham vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechasi 13–15 daraja, kunduzgi esa 22–24 daraja bo‘ladi.
1–2 may kunlari shamol tezligi 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.