Jumladan, Timur Ishmetov — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisiga tegishli qo‘l soati haqida ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar e’lon qilingan.

Markaziy bank axborot xizmatiga ko‘ra, fotolarda aks etgan soat Tissot brendiga mansub bo‘lib, uning narxi 2021 yilda taxminan 300–350 AQSh dollari atrofida bo‘lgan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, shaxs sha’ni va obro‘siga putur yetkazuvchi, shuningdek, yolg‘on yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlarni tarqatish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda axborot tarqatishda mas’uliyatli bo‘lishga, tasdiqlanmagan ma’lumotlarni ommalashtirmaslikka chaqirilmoqda.