Loyihada quyidagi asosiy özgarişlar nazarda tutilgan:
Xavfsiz identifikatsiya. SMS-koddan taşqari biometrik identifikatsiya va qurilmaga boğlangan tasdiqlaş usullaridan foydalaniş. Mablağlarni bloklaş. Mijozlarga hisobvaraqdagi mablağlarning istalgan qismini mustaqil bloklaş va blokdan çiqariş imkoniyatini yaratiş. Firibgarlikning oldini oliş. Şubhali operatsiyalarni vaqtinça töxtatib turiş tartibini joriy etiş.
Zararli dasturlardan himoya. Mijoz qurilmasida zararli dasturlar aniqlanganda uni bir soat içida xabardor qiliş va muhim operatsiyalarni çeklaş.
Muqobil identifikatsiya. Biometrik tekşiruvdan öta olmaydigan fuqarolar uçun boşqa tasdiqlaş usullarini qöllaş. Şuningdek, banklarning kiberhodisalar haqida Markaziy bankni 24 soat içida xabardor qiliş majburiyati va hamkor taşkilotlar bilan maʼlumot almaşiş xavfsizligi böyiça javobgarlik belgilanmoqda.
Qaror loyihasi bilan regulation portali orqali tanişiş va takliflar qoldiriş mumkin.
Eslatma: SMS-kod, karta maʼlumotlari va parollarni heç kimga bermang. Bank xodimlari telefon orqali bunday maxfiy maʼlumotlarni söramaydi. Muhokamada faol qatnaşib, öz takliflaringizni yuboring.