“Mening bogʻim” loyihalarini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish, ularni amalga oshirishda yangi mexanizmlarni joriy qilishning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida gʻolib boʻlmagan loyihalarni saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan gʻolib deb eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
  • “Mening bogʻim” loyihalarini hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv taʼminotiga mos ravishda shakllantirish tizimini joriy qilish;
  • “Mening bogʻim” loyihalari doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarida daraxtlar va oʻsimliklarni ekish, ularni doimiy parvarishlash, barpo etilgan obyektlar holatini sifatli saqlashning yangi amaliyotini kiritish.

Farmonga koʻra, «Ochiq budjet» axborot portalidagi tanlovda gʻolib boʻlmagan kamida 1 ta “Mening bogʻim” loyihasini deputatlar tomonidan tegishli saylov okrugidagi saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqib, gʻolib deb eʼlon qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.