Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, hafta boshida havo harorati kechalari 5-10 daraja iliqni, kunduz kunlari 20-25 daraja iliqni tashkil etadi. Hafta oxiriga kelib, havo biroz salqinlashadi, kechalari termometr ustuni 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 17-22 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

​Toshkentda hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Bugun va ertaga kunduz kunlari havo harorati 23-25 darajani tashkil etadi, 21-22 oktabrda 20-22 darajagacha pasayadi. 20 oktabrga o‘tar kechasi harorat 10-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi, biroq 22 oktabrga kelib, 6-8 daraja iliqqacha pasayadi.