Hayot Inoʻgamov 1986 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2006 yilda Toshkent avtomobil yoʻllari institutini, 2008 yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida transport va yoʻl infratuzilmasi hamda davlat boshqaruvi tizimida qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

2020 yildan buyon Yangi hayot tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.