Kun sayin tibbiyotga yangi texnologiyalar, zamonaviy diagnostika va davolash usullari kirib kelmoqda.
– Tibbiyot xodimlari doim oʻz ustida ishlashi, yangiliklardan ortda qolmasligi kerak! – dedi Prezidentimiz.
Shu bois, xodimlar malakasini oshirishga xususiy sektor faol jalb etiladi. Tibbiyot xodimlari qayerda malaka oshirishni oʻzlari mustaqil tanlaydi.
Birlamchi boʻgʻin va tumanlardagi xodimlarning malaka oshirish xarajatlari toʻliq qoplanadi. Mazkur xarajatlarni davlat oʻz zimmasiga oladi.
Natijada tumanlarda ishlaydigan 130 ming tibbiyot xodimining har yili 100 milliard soʻm mablagʻi oʻzida qoladi.