Bu haqda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan
Maʼlum qilinishicha, mazkur sunʼiy yoʻldosh giperspektral texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, u Yer yuzasini yuqori aniqlikda kuzatish imkonini beradi.
“Oʻzkosmos” agentligining eslatishicha, oʻtgan yili tomonlar sunʼiy yoʻldosh texnologiyalarini rivojlantirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy-texnologik integratsiyani kuchaytirish boʻyicha hamkorlik memorandumini imzolangan edi.
Ikki tomonlama hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida Xitoy tomonidan fazoga uchirilishi rejalashtirilgan ushbu sunʼiy yoʻldoshga “Samarqand 2028” nomi berildi. Mazkur loyiha qoʻshma tashabbuslar doirasidagi eng muhim loyihalardan biri sifatida baholanmoqda.