Qarorga ko‘ra, nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari reyestrini shakllantirish, yuritish va ularni reyestrdan chiqarish tartibi belgilandi. Bunda reyestr axborot tizimi orqali yuritiladi va sport tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladi.
Ariza besh ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi; ma’lumotlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ qarori bilan sport tashkiloti reyestrga kiritiladi;
taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa, vakolatli organ uch ish kuni ichida rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
sport tashkiloti quyidagilar asosida reyestrdan chiqariladi: o‘z ixtiyori bilan murojaat qilishi; reyestrga kiritilgandan so‘ng uch oy ichida sportchilar va trenerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilmaganligi; shtatida malakali trener yo‘qligi; qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatining tugatilishi.
Bundan tashqari:
sport inshootlari reyestri ham yuritiladi: inshoot mulkdori (balansda saqlovchisi) axborot tizimi orqali ariza beradi; ariza besh ish kuni ichida o‘zgartirish kiritiladi;
sport inshooti faoliyat turi sport sohasidan boshqa faoliyatga o‘zgartirilganda, foydalanishga yaroqsiz deb topilganda yoki mulkdor ariza berganda reyestrdan chiqariladi;
reyestrga kiritilmagan sport inshootlarida rasmiy sport musobaqalari o‘tkazilmaydi.
Qarorning 1-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 iyuldagi PQ–221-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida sport tashkilotlari sportchilariga rasmiy musobaqalarda ishtirok etish huquqi beriladi.