Sönggi kunda şaxmatçimiz törtta blis, ikkita rapid va bitta tezkor klassika partiyasining barçasida ğalaba qozonib, 20 oçko töpladi. Birinçi kun natijasi 16:4, hal qiluvçi kun natijasi esa 20:0 böldi. Umumiy 23-örin uçun Abdusattorov 11 ming AQŞ dollari mukofot puliga ega böldi.

Turnirning asosiy qismi Nodirbek uçun omadsiz keçdi. Dastlabki töqqiz turli blis bahslarida u 2,5 oçko bilan 22-örinda qoldi. Tezkor klassika böyiça A guruhida esa 10 ta partiyadan faqat bittasida ğalaba qozondi, olti marta durang öynadi va uç marta mağlub böldi.

Natijada 9 oçko jamğargan şaxmatçimiz guruhda oltinçi örinni egallab, 21–24-örinlar uçun bahslarga yöl oldi.

Örinlar uçun keçgan bahslarning yarim finalida Rameşbabu Pragnanandha har ikki kunda ham Abdusattorovdan ustun keldi. Birinçi kuni Nodirbek 9:11 hisobida mağlub böldi. Ikkinçi kuni esa tezkor klassika bahsidan oldin 8,5:3,5 hisobida oldinda borayotgan edi. Biroq hal qiluvçi partiyadagi Pragnanandhaning ğalabasi umumiy hisobni 8,5:11,5 ga özgartirdi.

Şundan söng Abdusattorov uçun erişiş mumkin bölgan eng yuqori natija 23-örin bölib qoldi. Vayşaliga qarşi ikki kunlik bahslardagi ğalabasi esa unga turnirni aynan şu poğonada yakunlaş imkonini berdi.