Ma’lum qilinishicha, oilaning farzandi S.X imkoniyati cheklangan shaxs bo‘lib, u o‘ng oyog‘idan ayrilgan. Unga shu yilning oktyabr-noyabr oylarida Novosibirsk ilmiy-tadqiqot travmatologiya va ortopediya institutida navbatdagi murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazish zarur edi.

Bosh konsul tomonidan Novosibirsk viloyatida bolalar huquqlari bo‘yicha vakil bilan tezkor muloqotlar o‘tkazilib, S.Xning og‘ir jismoniy ahvoli va davolanishni aynan Novosibirskda davom ettirish zarurati inobatga olingan holda, bolalarni mazkur reyestrdan chiqarish masalasida amaliy yordam so‘raldi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida hamda vatanga qaytish sertifikatlari rasmiylashtirilib, ona va uning farzandlarini vaqtincha O‘zbekistonga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Migratsiya agentligining vakolatxonasi tomonidan oilaning barcha a’zolariga aviachiptalar sotib olindi. Novosibirsk Bosh konsulxonasi diplomatlari oilani shahar xalqaro aeroportiga kuzatib qo‘ydilar va ular 15-oktabr kuni Toshkentga uchib ketdi.

Qayd etilishicha, ona va bolalar O‘zbekistonda bo‘lgan vaqt davomida Bosh konsulxona tomonidan ularni Nazorat qilinadigan shaxslar reyestridan chiqarish masalasi ijobiy hal etiladi. Bu esa ona va qiziga davolanish kursini davom ettirish uchun keyinchalik Novosibirskga qaytish imkonini beradi.