Qarorga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xalqaro akkreditatsiyalangan tizimda oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarni (oliy toifali o‘qituvchilar) pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy ta’lim shaklida o‘qitish (maqsadli magistratura) tashkil etiladi.
Maqsadli magistraturaga qabul oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
oliy toifali o‘qituvchilar:
- maqsadli magistraturada o‘qish jarayonlarini ishdan ajralmagan holda, masofaviy ta’lim shaklida amalga oshiradi;
- maqsadli magistraturani tugatgandan keyin 3 yil davomida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi;
- oliy toifali o‘qituvchilar ushbu qarorga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi 447-son qarorida belgilangan to‘lov-kontrakt summasini Davlat byudjetidan qoplab berish shartlari tatbiq etilmaydi.
2026/2027 o‘quv yilidan oliy toifali o‘qituvchilarni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida maqsadli magistraturada o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.