Voqea joriy yilning 5-aprel kuni taxminan soat 6:15da Texnologik transport boshqarmasining 3-sonli transport sexiga qarashli BelAZ-75131 rusumli avtosamosval (2017-yilda ishlab chiqarilgan, yuk ko‘tarish quvvati 130 tonna)ning dvigatel qismida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida haydovchi jabrlanmagan. Yong‘in tezkorlik bilan Texnologik transport boshqarmasining ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasi tomonidan bartaraf etilgan.
Ushbu hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.