26-iyun kuni Xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XX Milliy mukofot gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. 

Tadbir avvalida Yurtboshimizning soha xodimlariga bayram tabrigi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan oʻqib eshittirildi.
Tanlovning bosh mukofoti — BYD Chazor avtomobili “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” jamoasiga topshirildi.

“Oltin qalam” XX Milliy mukofoti xalqaro tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi yakunlandi. Tadbirda jurnalistikaning turli yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan ijodkorlar munosib taqdirlandi.

Bosma nashrlar yoʻnalishi

1-oʻrin — “Jadid” gazetasi tahririyati jamoasi, bosh muharrir Iqbol Mirzo.
2-oʻrin — jurnalist, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri maslahatchisi Olimjon Usarov.
3-oʻrin — Qoraqalpogʻiston boʻyicha muxbir Alyona Aminova.

Internet nashrlari yoʻnalishi

1-oʻrin — Boburjon Karimov, Anhor.uz nashri bosh muharriri oʻrinbosari.
2-oʻrin — Javohirbek Tursunov, Zamon.uz nashri bosh muharriri oʻrinbosari.
3-oʻrin — Maftuna Karimova, “Ishonch.uz” nashri muharriri.

Radio yoʻnalishi

1-oʻrin — Nargiza Kamolova, “Yoshlar” radiosi bosh muharriri.
2-oʻrin — Sanjar Tursunov, “Oriyat Dono” radiosi boshlovchisi.
3-oʻrin — Shahnoza Mahmudova, “Navoiy” radiosi katta muharriri.

 Shuningdek, quyidagi ijodkorlar nominatsiyalar gʻolibi sifatida eʼtirof etildi:

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish islohotlari yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” – “Mahalla” gazetasi jamoasi.

“Atrof-muhitni asrash va «yashil” iqtisodiyotni targʻib qiluvchi eng yaxshi materiallar uchun» – “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi muxbiri Boboravshan Gʻoziddinov;

“Davlat tilini rivojlantirish va nufuzini yanada oshirishga bagʻishlangan eng yaxshi materiallar uchun” – Faxriy jurnalist Zuhriddin Isomiddinov;

“Ayollarning jamiyatdagi oʻrni va islohotlardagi ishtiroki yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” – “Saodat” jurnali muharriri Feruza Oripova;

“Jamiyatdagi dolzarb mavzularga bagʻishlangan eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun” – “XXI asr” gazetasining Qoraqalpogʻiston va Xorazm boʻyicha muxbiri Roʻzimboy Xasanov;

“Sport sohasidagi islohotlarning natijalari yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” – “Sport” telekanali katta muharriri Shafoat Tolibjonova;

“Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan eng yaxshi milliy kontent uchun” – “Qisqasi” loyihasi muallifi Jaloliddin Mirzayev;

“Yoshlarga oid davlat siyosati yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” – “Milliy Tiklanish” tahririyati;

“Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” – Eshqobil Shukur;

“Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga bagʻishlangan eng yaxshi materiallar uchun” – “Navbahor” gazetasi jamoasi, bosh muharriri Jamoliddin Mirzayev;

“Eng yaxshi fotoreportaj uchun” – OʻzA, Almurat Mamadaminov taqdirlandi.


Foto: Hakim Yo'ldoshev